Xlorella hujayrasi bilan achitqi tarkibidagi faol moddalar o‘zaro taqqoslanganda - inozit 1.5, biotin 2, pantogen kislota 1.3, para – aminobenzoy kislota 2.9 marta ko‘p bo‘lgan. Xlorella tarkibida mavjud B 12 achitqida bo‘lmaydi. Xlorella vitaminlar manbasi bo‘lganligi sababli, yuksak o‘simliklar uchun vitaminli ozuqa bo‘lishi mumkin [1].
Hozirgi paytda ko‘k-yashil suvo‘ti xlorellani chuqur o‘rganilishining sabablaridan biri, inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan fotosintetik komponentlarga sistematik ravishda asosiy vositadir. Qishloq xo‘jaligida suvo‘tining suspenziyasi qo‘shimcha sifatida cho‘chqa, baliq, qushlarning ozuqasiga qo‘shiladi va oqova suvlarini tozalashda foydalaniladi. Bir qator mamlakatlarda oziq – ovqat mahsulotlarini biologik qimmatini oshirish maqsadida ham qo‘llaniladi. Xlorella, suvo‘tlari spirulin va lyutsernlarga nisbatan 5 marta ko‘p ko‘k - yashil pigment xlorofill saqlaydi. Fotosintez jarayonida suvo‘ti 12 % gacha yorug‘lik energiyasidan foydalansa, quruqlik o‘simliklarida esa 1-2 % tashkil qiladi [1].